Messi Misr bilan o‘yindan keyin nega yig‘laganini aytdi
Sport
−
12:46 1105 1 daqiqa
Argentina milliy terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Jahon chempionatining 1/8 final bosqichida Misr ustidan qozonilgan irodali g‘alabadan keyin quvonch va yengillikdan ko‘z yoshlarini tiya olmaganini aytdi. Bu haqda Messi o‘yindan keyin jurnalistlarga bergan intervyusida so‘z ochdi.
Kecha, 7 iyul kuni Argentina Misr ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozongan uchrashuvdan so‘ng Messining final hushtagidan keyin hissiyotlarini jilovlay olmagandi. Bu uchrashuvda Argentina terma jamoasi bahsning 79-daqiqasiga qadar 0:2 hisobida ortda borayotgandi.
Jurnalistlar Messidan bu uning milliy jamoa safidagi so‘nggi o‘yini bo‘lishi mumkinligi haqidagi o‘ylar tufayli yig‘lagan-yig‘lamaganini so‘rashdi.
“Yo‘q. Bu ko‘z yoshlari quvonch va yengillikdan edi. Biz kurashni davom ettirishni juda xohlardik va buni bugun tugashini istamasdik. O‘yin davomida juda ko‘p narsa sodir bo‘ldi, katta mehnat qildik. Menimcha, bu jamoa kurashni davom ettirishga munosib edi. 0:2 hisobida ortda borayotgan holatdan qaytish oson emas. Ammo men har doim aytganman bu jamoa hech qachon taslim bo‘lmaydi”, deydi Messi.
Ma’lumot uchun, amaldagi jahon chempioni Argentina chorak finalda Shveysariyaga qarshi maydonga tushadi.
2026 yilgi Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tmoqda. Turnir tarixida ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etmoqda. Musobaqa joriy yilning 19 iyul kuni yakuniga yetadi.
Live
Barchasi