Messi milliarder sportchilar qatoriga qo‘shildi

Sport

image

Argentinalik “Inter Mayami” futbolchisi Lionel Messining sof boyligi 1 milliard dollardan oshdi va milliarder sportchilar qatoriga qo‘shildi. Bu haqda “Bloomberg” nashri xabar berdi. 

“Soliqlar, bozor sharoitlari, investitsiya va homiylik daromadlarini hisobga olgan holda, Messining sof boyligi 1 milliard dollardan oshdi. Bu uni sportdagi ilk milliarder bo‘lgan uzoq yillik raqibi Krishtianu Ronaldu bilan tenglashtiradi”, deb yozadi agentlik “Bloomberg Billionaires Index” ma’lumotlariga tayanib.

Shu tariqa, Messi Ronaldudan keyingi ikkinchi milliarder futbolchiga aylandi. “Bloomberg” hisob-kitoblariga ko‘ra, Messi 2007 yildan beri 700 million dollardan ortiq maosh va bonuslar ishlab topgan.

Agentlikning qo‘shimcha qilishicha, sportchining milliarder maqomiga uning hozirgi klubi “Inter Mayami”dan olgan maoshi, televideniye ko‘rsatuvlaridan daromadlarni taqsimlash bo‘yicha kelishuvlar, ko‘chmas mulkka egaligi va Argentinadagi restoranlar tarmog‘idagi ulushi sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Krishtianu Ronaldu milliarder

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing