Messi koronavirusdan tuzalib, Parijga uchib ketdi
Sport
−
05 yanvar 2022
3071Avvalroq, PSJ hujumchisi Lionel Messining koronavirusga chalingani haqida xabar bergan edik.
Bugun, 5 yanvar kuni 34 yoshli futbolchining koronavirusga topshirgan testi manfiy natija bergan. Shu sababli, u Argentinadan Fransiyaga jo‘nab ketgan. Bu haqda “RMC Sport” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Messi joriy yilning 7 yanvar kuniga qadar mashg‘ulotlarga qaytadi va 10 yanvar kuni “Lion”ga qarshi Fransiya chempionati o‘yinida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, Leo Messi 2021 yilning yozida moliyaviy cheklovlar sababli “Barselona”ni tark etib, PSJ bilan shartnoma imzolagan edi. 34 yoshli argentinalik futbolchi joriy mavsum jamoasi safida 14 ta o‘yinda maydonga tushgan va 5 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Ma’lumot uchun, parijliklar 19 o‘yinda 46 ochko jamg‘arib, Liga 1 turnir jadvalida 1-o‘rinni egallab turibdi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar