Myessi “Barselona”dan ketishi mumkin

Sport

image

"Barselona" sardori Lionel Myessi klub rahbariyati bilan ziddiyat tufayli jamoani tark etishi mumkinligi xaqida xabarlar tarqaldi. Ketishi aniq bo‘lmasdan, Angliyaning "Manchester Siti" klubi Messiga shartnoma taklif qilishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Angliya klubi Myessi va "Barselona" sport direktori Erik Abidal o‘rtasidagi mojarodan foydalanishga harakat qiladi. Mojaro Abidalning so‘zlariga ko‘ra, 14 yanvar kuni jamoani bosh murabbiy lavozimidan chetlatilgan Ernesto Valverde boshchiligidagi Kataloniya klubining barcha futbolchilari maydonda bor kuchlarini sarflashmagan. Myessi Abidalga Instagram’da javob berib, u nazarda tutayotgan futbolchilarning aniq ismlarini aytishga undagan. Argentinalikning amaldagi shartnomasi 2021 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Shuningdek, argentinalik hujumchi va "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘rtasidagi shaxsiy munosabatlar klubga o‘tish masalasini muhokama qilishga turtki bo‘lishi mumkin. "Barselona"da Myessi to‘rt marta Chempionlar Ligasida, 10 marta Ispaniya chempionatida, olti marta "Oltin to‘p" mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Ushbu mavsumda 32 yoshli Myessi "Barselona" tarkibida barcha turnirlarda 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 12 ta golli pas berdi. Kataloniya klubi Ispaniya chempionatida 22 o‘yindan keyin 46 ochko to‘plagan holda ikkinchi o‘rinda, peshqadam "Real"dan 3 ochko ortda.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Messi

Baholaganlar

258

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing