Messi Xulian Alvares o‘yinini yuksak baholadi 

Sport

image

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi hujumchi Xulian Alvaresning terma jamoaga qo‘shgan hissasi haqida o‘z fikrini bildirdi. Bu haqda "Yevro Futbol" nashri xabar berdi.

"Turnir davomida Alvares qoyilmaqom o‘yin ko‘rsatdi. Ayniqsa, Xorvatiyaga qarshi o‘yinda. U har bir to‘p uchun kurashdi, golli vaziyatlar yaratdi. U ajoyib yigit. Alvares hozirgi mundialda bizni hayratlantira oldi. U bu uchun xizmat qildi", deydi Argentina terma jamoasining 35 yoshli yetakchisi.

Ta’kidlash joiz, Messi va Kilian Mbappe jahon chempionati to‘purarlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallab turibdi (beshta gol), Xulian Alvares esa to‘rtta gol bilan PSJ yulduzlaridan keyin joylashgan.

Mushtariy G‘aniyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

43

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing