Messi Kataloniyada sobiq jamoadoshlari bilan uchrashdi

Sport

image

PSJ yarim himoyachisi Lionel Messi kecha, 24 yanvar kuni Kataloniyadagi restoranlarning birida “Barselona”ning ayrim vakillari bilan birga ovqatlangan.

Xabarlarga ko‘ra, Messini “ko‘k-anorranglilar” bosh murabbiyi Xavi va yarim himoyachi Serxio Buskets bilan ko‘rishgan. Bu voqea Messining “Barselona”ga qaytish haqida o‘ylayotgani to‘g‘risidagi mish-mishlar tarqalgan davrda sodir bo‘layotgani ko‘plab muxlislarning e’tiroziga sabab bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Messi Fransiya 1-divizioni doirasidagi “Reyms”ga qarshi o‘yinda taxminan 30 daqiqa harakat qildi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. PSJ navbatdagi uchrashuvni 31 yanvar kuni mamlakat kubogi doirasida “Nitssa” bilan kuch sinashadi.

Ma’lumot uchun, Messi 2 yanvar kuni koronavirusga chalingan edi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Messi Xavi Kataloniya Buskets

Baholaganlar

285

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing