Messi qaysi klubga o‘tish masalasida bir qarorga kelgan

Sport

image

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi katta ehtimol bilan 2021 yilning yozida Kataloniya klubini tark etadi. Bu haqda Ispaniyaning “El Chiringuito” nashri xabar bermoqda.

Argentinalik futbolchi hozirga kelib faoliyatini qayerda davom ettirish borasida bir qarorga kelgan. Qayd etilishicha, futbolchi Milanning “Inter” klubiga o‘tishni istamoqda.

Shunga qaramay, “Manchester Siti” klubi Messini Angliya Premer-ligasiga olib kelish borasida ishlarni boshlab yuborgan. Klub egasi shayx Mansur argentinalikni o‘z klubi safiga qo‘shib olish uchun mablag‘ ajratishga tayyorligi haqida rahbariyat va Gvardiola bilan gaplashgan.

Avvalroq, 33 yoshli goleadorga “Manchester Siti"dan tashqari, “PSJ” va “Inter” klublari ham qiziqish bildirgani haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, Messi joriy mavsumda La Ligada 13 o‘yinda 6 ta golga mualliflik qilgan. Futbolchining “Barselona” bilan shartnomasi 2021 yilning yozida nihoyasiga yetadi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Lionel' Messi

Baholaganlar

1304

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing