Messi Instagram'da 500 millionlik “dovon”dan o‘tgan ikkinchi odamga aylandi

Sport

image

Argentinalik futbolchi Lionel Messi Instagram'da 500 milliondan ortiq obunachiga ega bo‘lgan ikkinchi shaxsga aylandi.

Ilgari bu ko‘rsatkichga faqat portugaliyalik Krishtianu Ronaldu erishgan edi. Hozirda “Al-Nasr” forvardining sahifasini 622 milliondan ortiq foydalanuvchi kuzatib boradi.

Instagram'dagi eng mashhur yulduzlar ro‘yxatida Messidan keyin Selena Gomes (429 million), Kayli Jenner (400) va Dueyn Jonson (396) bormoqda.

Argentina terma jamoasi hujumchisi mashhurligining oshishi JCH-2022'dagi g‘alaba bilan bog‘liq. U ijtimoiy tarmoq tarixida eng ko‘p qiziqish uyg‘otgan beshta postdan uchtasining egasi hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Messi kuzatuvchilarining 72 foizi erkaklar, 85 foizi 34 yoshgacha bo‘lganlar hisoblanadi. Messining Instagram auditoriyasining 12 foizi braziliyalik, 8,1 foizi hindistonlik va 6,5 foizi argentinaliklar sanaladi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Lionel' Messi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing