Messi golli seriyasini davom ettirdi
Sport
−
16 avgust 2023 4140 1 daqiqa
“Filadelfiya Yunion” va “Inter Mayami” jamoalari to‘qnash kelgan MLS + MX Liga kubogining yarim final uchrashuvi yakunlandi. Jamoalar Chester shahridagi “Subaru Park” stadionida bahs olib bordi. Uchrashuvda “Inter Mayami” raqibini 4:1 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvning 20-daqiqasida hujumchi Lionel Messi gol urdi. Argentinalik futbolchi Amerika jamoasi safida o‘zining 9-golini kiritdi. Shu tariqa, Messi “Inter Maymi” tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida Robert Teylorni ortda qoldirib, 3-o‘rinni o‘ziniki qilib oldi.
Shuningdek, Messi yangi klubi safidagi golli seriyasini oltitaga yetkazdi.
Hujumchi Gonsalo Iguain 70 o‘yinda 29 gol urib hozirda Florida klubi tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi. Hujumchi Leonardo Kampana esa 52 o‘yinda 16 ta gol urgan.