Messi Finalissimada o‘ynamasligini aytdi 

Sport

image

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi 2026 yilning 27 mart kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Ispaniya bilan Finalissima o‘yinida ishtirok etmasligini ma’lum qildi. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.

“To‘g‘risini aytsam, Finalissimada o‘ynamayman. O‘yinning o‘tkazilishi yoki o‘tkazilmasligi hali ham tasdiqlanmagan”, dedi Messi ESPN nashriga bergan intervyusida.

Ushbu uchrashuv Yevropa va Janubiy Amerikaning amaldagi chempionlari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi va Qatarda tashkil etilishi rejalashtirilgan, biroq o‘yin FIFA tomonidan taxminan keyingi yil mart oyidagi xalqaro tanaffus vaqtida bo‘lishi rejalashtirilgan bo‘lsa-da, hozircha rasmiy ravishda tasdiqlanmadi. 

Shuningdek, Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni ham uchrashuv sanasi bo‘yicha o‘yin tashkil etilishi Argentinaning Jahon chempionati tayyorgarligiga noqulaylik tug‘dirishini tanqid qilgan.

Ma’lumot uchun, 2022 yil 1 iyun kuni Londonda o‘tkazilgan Finalissima o‘yinida Argentina Italiyani 3:0 hisobida mag‘lub etgan va Messi ushbu uchrashuvda to‘liq 90 daqiqa maydonda harakat qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Argentina Ispaniya Finalissima

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing