Messi faoliyatini qayerda yakunlashini aytdi

Sport

image

Futbol bo‘yicha Amerika chempionatining (MLS) “Inter Mayami” klubi hujumchisi Lionel Messi faoliyatini aynan hozirgi klubida yakunlaydi. Bu haqda u ESPN nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Messining Florida klubi bilan shartnomasi 2025 yil oxirigacha amal qiladi.

“Inter Mayami” faoliyatimdagi so‘nggi klub bo‘ladi. Men futbol o‘ynashni yaxshi ko‘raman va undan ko‘proq zavq olaman, futboldagi faoliyatim tugashiga oz qolganini tushunib turibman”, deydi Messi.

Ma’lumot uchun, Messi 36 yoshda va u sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi hisoblanadi. Argentinalik futbolchi 2023 yilning yozidan buyon “Inter Mayami”da o‘ynamoqda. 2003 yildan 2021 yilgacha hujumchi “Barselona”da o‘ynagan va  ispan klubida 10 marta Ispaniya chempioni, 7 marta Ispaniya Superkubogi va mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan, 4 marta Yevropa Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan, 3 marta UEFA Superkubogini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, Leo klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham zafar quchgam.

“Barselona”dan keyin Messi PSJda o‘ynadi va Parij klubi ikki marta Fransiya chempioni bo‘ldi va bir marta mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi. Argentina terma jamoasi bilan forvard 2022 yilgi Jahon chempionati va 2021 yilgi Amerika kubogida g‘olibi bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Inter Mayami

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing