Messi faoliyatidagi eng sevimli goli qaysi ekanini aytdi

Sport

image

“Inter Mayami” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi faoliyatidagi eng yoqtirgan goli bilan bog‘liq savolga javob berdi.

“Men har doim aytganman, eng muhim gollarim Yevropa Chempionlar ligasi va Jahon chempionatida urilgan. “Santiyago Bernabeu”da bo‘lib o‘tgan YeCHL o‘yinida “Real”ni 2:0 hisobida mag‘lub etganimizda, “qirollik klubi”ga urgan golimni yaxshi eslayman”, deydi Messi.

Bu o‘yin 2011 yilda YeCHL yarim finali doirasida bo‘lib o‘tgandi. Birinchi o‘yin 2:0 hisobida “Barselona”ning g‘alabasi bilan yakunlangan bo‘lsa, javob uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Messi faoliyatidagi sakkizinchi “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgani ko‘plab futbolga aloqador shaxslar tomonidan e’tirozlarga sabab bo‘layotgani xabar qilingandi. Shuningdek, Britaniyaning “FourFourTwo” jurnali argentinalik futbolchi faoliyatidagi 3 ta “Oltin to‘p”ni nohaq qo‘lga kiritganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Lionel' Messi Inter Mayami

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made