Messi faxriy doktor unvonini oldi
Sport
−
11:17 243 1 daqiqa
Argentina terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘lgan Lionel Messi Buenos-Ayres universitetining faxriy doktori unvoniga sazovor bo‘ldi. Bu haqda universitet o‘zining rasmiy sahifasida xabar berdi.
Messini faxriy doktor unvoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi qaror Buenos-Ayres universiteti Oliy kengashi tomonidan bir ovozdan qabul qilingan. Universitet bayonotida futbolchining sportdagi yutuqlari hamda Argentinani xalqaro maydonda munosib himoya qilishdagi hissasi alohida ta’kidlangan.
Shuningdek, Messining futboldagi faoliyati “mukammallik, matonat, kamtarlik va axloqiy tamoyillar namunasi” sifatida e’tirof etilgan.
39 yoshli Messini bugun, 7 oktyabr kuni “Estadio Monumental” stadionida Beninga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida terma jamoa libosidagi so‘ngi uchrashuvni o‘tkazdi. Ushbu bahsda Messi 1 ta gol va 2 ta assist qayd etdi.
Ma’lumot uchun, Messi Ispaniya chempionati, “Barselona” va Argentina terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. Shuningdek, u tarixda sakkiz marta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan yagona futbolchidir. Argentina terma jamoasi safida 208 ta uchrashuvda maydonga tushgan Messi 126 ta gol urgan. U milliy jamoa bilan ikki marta Amerika kubogi (2021 va 2024), 2022 yilgi jahon chempionligi hamda 2022 yilgi Finalissimani qo‘lga kiritgan.
Live
Barchasi