Messi diskvalifikatsiyadan so‘ng birdaniga ikkita rekord o‘rnatdi

Sport

image

Avvalroq, “Barselona” forvardi Lionel Messi Ispaniya Superkubogining final bahsida “Atletik Bilbao” klubining hujumchisiga nisbatan qilgan qo‘polligi uchun ikkita uchrashuvga futboldan chetlatilgani haqida xabar bergan edik.

Diskvalifikatsiya muddati tugagach, Messi “Barselona” safida Ispaniya kubogi doirasidan o‘rin olgan “Rayo Valekano”ga qarshi bahsda maydonga tushdi. Shu tariqa, argentinalik futbolchi “ko‘k-anorranglilar” safida turnirdagi 76-o‘yinini o‘tkazib, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha klub rekordchisiga aylanib oldi.

Ushbu uchrashuvda Messi yana bir yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi. U “Rayo Valekano” darvozasiga mavsumdagi 15-golini urishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa, Leo “Barsa”safida 15 mavsumdan beri 15 tadan ortiq gol urgan hujumchiga aylandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Messi rekord

Baholaganlar

469

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing