Messi “Barselona” dan ketmaydi
Sport
−
04 Sentabr 2020
14127Ispaniyaning "Barselona" klubi futbolchisi Lionel Messi jamoadan ketmasligi haqidagi qarorini e’lon qildi. Bu haqda 4 sentyabr kuni "Sphera Sports" portali xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, argentinalik futbolchining 4 sentyabr kuni ertalab otasi va agenti o‘rtasida o‘tkazilgan jamoadan ketishi masalasidagi suhbat yaxshi natija bermagan.
Suhbat to‘xtab qoldi, chunki futbol klubi rahbariyati Messidan shartnoma asosida 2021 yilgacha qolish yoki 700 million yevro tovon puli to‘lashni talab qildi.
Messi 25 avgust kuni "Barselona" dan ketish niyati borligini e’lon qilgandi, Ispaniya klubi rahbariyati ham bu ma’lumotni tasdiqlagandi.
Keyinchalik argentinalik futbolchining "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan transfer borasidagi muzokaralari ma’lum bo‘ldi.
"Manchester Siti" Messi uchun 100 million yevro berishga tayyor edi.
Rushanabonu Sultonova
LiveBarchasi