Messi “Barsa”ga qaytishi mumkin. Unga lavozim ham taklif qilinadi

Sport

image

Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Xavi Ernandes argentinalik futbolchi Lionel Messini “ko‘k anorranglilar” safiga qaytarmoqchi. Bu haqda jurnalist, insayder Jerar Romero xabar berdi.

Xavi Messi bilan ehtimoliy kelishuvda asosiy rolni o‘ynashi mumkin. Ko‘pchilikka ma’lumki, Lionel Messi faoliyatining yakuniga yaqinlashmoqda. Xavi esa Messining aynan “Barselona”da futbol bilan xayrlashishini istaydi. Murabbiy 35 yoshli futbolchi uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyor. Qayd etilishicha, “Barselona” rasmiylari Messi bilan aloqalarni tiklashga harakat qilmoqda. Shuningdek, argentinalik hujumchi futboldagi faoliyatini yakunlagach, “Barselona”ning rasmiy elchisiga aylanishi mumkin.

Ta’kidlash kerakki, PSJ ham Messi bilan o‘rtadagi shartnomani uzaytirmoqchi. Argentinalik futbolchi ushbu masalani Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati bahslaridan keyin ko‘rib chiqadi. Messining PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, Messi 2021 yilning yozida “Barselona”ni tark etib, PSJ safiga qo‘shilgandi. U “ko‘k anorranglilar” safida 520 ta o‘yin o‘tkazib, 474 ta gol urgan va 216 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Messi Kataloniya klubi bilan birgalikda 35 ta sovrinni qo‘lga kiritgan va “Oltin to‘p”ning yetti karra sohibiga aylangan.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi PSJ “Barselona”

Baholaganlar

48

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing