Messi Argentinadagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi

Sport

image

Kecha, 4 sentyabr kuni Argentinaning "Estadio Mâs Monumental" stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda Argentina Venesuela ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Unda Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi va dubl qayd etib, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida maydondan chiqdi. Bu o‘yin bilan u nafaqat muxlislariga, balki o‘zi tug‘ilib o‘sgan mamlakat timsoliga ham ramziy xayrlashuv qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Messi Argentinaga 2005 yildan buyon xizmat qilib kelmoqda va shu davr ichida terma jamoa tarixidagi eng yirik yutuqlarga hissa qo‘shdi. U 181 ta o‘yinda maydonga tushib, 106 ta gol urdi va 56 ta golli uzatma berdi. 2021 yilda u terma jamoa bilan nihoyat "Kopa Amerika"da zafar quchdi, 2022 yilda esa Qatar mundialida Argentina 36 yildan keyin dunyo chempioni bo‘lishiga bosh-qosh bo‘ldi. Shu bilan birga, 2022 yilda "Finalissima" musobaqasida ham g‘alaba qozonib, milliy jamoaning oltin davrini yaratdi.

Messining terma jamoadan ketishi sabablari bir nechta omillar bilan izohlanadi. Birinchidan, u 37 yoshga kirib, jismoniy holati avvalgi kabi yuqori darajada emasligi sezila boshladi. Ikkinchidan, u o‘zining xalqaro futbol tarixidagi eng katta marralarga erishganini, endi yoshlarga imkoniyat berish vaqti kelganini ta’kidlab kelmoqda. U o‘zi ham intervyularida: "Hamma narsaga erishdim", degan fikrni ochiq aytgan. Uchinchidan, klub faoliyatiga ko‘proq e’tibor qaratish, jarohatlardan ehtiyot bo‘lish va futbolni professional darajada chiroyli yakunlash istagi ham muhim rol o‘ynaydi.

Messining qarori futbol olamida katta rezonans uyg‘otdi. Ba’zi mutaxassislar va sobiq futbolchilar uni "eng oliy cho‘qqida turganida ketgani uchun" maqtashgan bo‘lsa, bu orqali u abadiy yorqin xotira qoldirganini ta’kidlashdi. Ayrimlar esa Messining hali ham terma jamoaga foyda keltira olishiga ishongan holda, ketishini erta deb hisoblamoqda. Muxlislar orasida esa qarama-qarshi fikrlar mavjud bo‘lsa-da, ko‘pchilik uni barcha davrlarning eng buyuk futbolchisi sifatida kuzatadi.

Messining Argentina terma jamoasi bilan yo‘li futbol tarixidagi eng ulkan hikoyalardan biri sifatida qoldi. U bir paytlar marhum Diyego Maradonaga qiyos qilinib, katta bosim ostida faoliyat boshlagan bo‘lsa, yakunda o‘z davrining eng buyuk futbolchisiga aylandi. Shu bilan u nafaqat Argentina, balki butun futbol tarixiga abadiy nom qoldirdi.

Jahongir Boltaboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Venesuela Lionel' Messi Argentina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing