Messi 12 yil ichida ilk bor ketma-ket uchta penaltidan foydalanolmadi

Sport

image

Kecha, 16 avgust kuni “Inter Mayami” MLS muntazam chempionati doirasida safarda “Nashvill”ga qarshi uchrashuvda 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bahsda argentinalik Lionel Messi penaltidan  foydalanolmadi.

Shu tariqa, Messi joriy mavsumda ketma-ket uchta penaltini golga aylantira olmadi. Bu argentinalik futbolchi uchun 2014 yildan beri qayd etilgan birinchi shunday holat bo‘ldi.

Bahsda jamoa sardori Lionel Messi golli uzatmani amalga oshirdi, ammo penaltini golga aylantira olmadi. Uning zarbasini amerikalik darvozabon Brayan Shvayk qaytardi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Messi 2014 yildan beri ilk bor ketma-ket uchta penaltini golga aylantira olmadi.

Bunga qadar 39 yoshli futbolchi 2026 yilgi Jahon chempionatida Avstriya (2:0) va Misr (3:2)ga qarshi uchrashuvlarda Argentina terma jamoasi safida penaltidan gol ura olmagan edi.

Ma’lumot uchun, Messi 2023 yil yozidan buyon “Inter Mayami” sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil oxirigacha mo‘ljallangan.

“Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, argentinalik yulduzning ayni paytdagi bozor qiymati 15 million yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing