Messi har qanday pozitsiyada o‘ynay oladi – Pochettino
Sport
−
28 Oktabr 2021
2748PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoaning taktikasi haqida gapirdi va Lionel Messining harakatlariga yuqori baho berdi.
Argentinalik mutaxassis fransiyalik jurnalistlarning Messi nima uchun o‘ng qanotda o‘ynayotgani haqidagi savoliga:
“Biz ko‘plab o‘zgarishlarga ega asosiy tizim ustida ishlayapmiz va o‘yinchilarga hujum va himoya harakatlarini tushuntiramiz. Aslida ularning vazifalari to‘pning qayerda ekanligiga bog‘liq. Hujumda futbolchilarga muayyan harakat erkinligini beriladi. Messi uchrashuvni o‘ng qanotda boshlashi, shuningdek, markazda o‘ynashi, hatto ortga qaytishi mumkin. Leo – dunyoning eng yaxshi futbolchisi, jamoaga yordam berish uchun har qanday pozitsiyada o‘ynay oladi”, deya javob bergan Pochettino.
Eslatib o‘tamiz, Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Luis Suares 2021 yilgi “Oltin to‘p” uchun asosiy favorit Lionel Messi ekanini aytib o‘tgandi.
Ma’lumot uchun, Messi joriy mavsum PSj safida 7 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 3 marta ishg‘ol etgan.