Mers Tramp bilan telefonda suhbatlashishni istamadi

Olam

image

Germaniya kansleri Fridrix Mers AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan rejalashtirilgan telefon suhbatini bekor qildi. Bu haqda Germaniya hukumati vakili Stefan Kornelius ma’lum qildi.  

Korneliusning qayd etishicha, suhbat kecha, 9 sentyabr sanasida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan. Biroq hukumat vakili suhbatning yangi sanasi va uning keyinga qoldirish sababini ochiqlamagan.

Suhbat AQSHda ertaga, 11 sentyabrdagi terror hujumlarining 25 yilligi arafasida o‘tkazilishi kerak edi.

Avvalroq, Tramp Germaniyaning o‘ng qanotdagi “Germaniya uchun muqobil” (AfD) partiyasining Saksoniya-Anxaltdagi hududiy saylovlardagi g‘alabasini mamlakatdagi immigratsiya qoidalari bilan bog‘lagandi. U o‘zining Truth Social sahifasida Germaniyadagi populistik partiya uchun saylov kuni juda katta oqshom bo‘lganini yozib, mamlakatdagi immigratsiya qoidalari va tartiblarini tanqid qilgan.

“Reuters”ning yozishicha, Mersning Bosh matbuot kotibi Stefan Kornelius Trampning ushbu bayonotiga bevosita izoh bermagan. Biroq u Mers xorijiy davlatlarning Germaniya ichki siyosatiga, ayniqsa saylovlar bilan bog‘liq masalalarga aralashuvi yoki bayonotlarini mutlaqo mumkin emas deb hisoblashini bildirgan.

Ma’lumot o‘rnida, AQSH va Germaniya an’anaviy ravishda yaqin ittifoqchilar hisoblanadi. Biroq Tramp prezidentlik lavozimiga qaytganidan beri ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar boj tariflari, AQSH – Isroilning Eronga qarshi urushi va Ukrainani qo‘llab-quvvatlash kabi qator masalalardagi kelishmovchiliklar sababli sinovdan o‘tmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniyaning Saksoniya-Anxalt federal yerida bo‘lib o‘tgan saylovlarda “Germaniya uchun alternativa” (GuA) partiyasi g‘alaba qozongani haqida xabar berilgan edi. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing