Mercedes-benz va Gentra'ning dahshatli to‘qnashuvidan yo‘lovchilar vafot etdi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 2 kishi vafot etdi. Yana ikki nafar fuqaro og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, shu yilning 22 aprel kuni soat 08:00 larda haydovchi 1998 yilda tug‘ilgan A.T. Gentra avtomashinasini shaharning Turkiston-Po‘stindo‘z ko‘chalari kesishgan chorrahada boshqarib kelayotgan vaqtida 1972 yilda tug‘ilgan B.X. boshqaruvidagi Mercedes-benz rusumli avtomashina 2-darajali yo‘ldan chiqib kelishi oqibatida YTH sodir bo‘lgan.

Oqibatda Mercedes-benz avtomashinasida bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan. Haydovchilar A.T. va B.X. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Gentra yo'l-transport hodisasi Mersedes-benz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing