Meros qoldirilgan yerlarni olib qo‘yish tartibi belgilandi

Jamiyat

image

Oliy Majlis Senatining bugun, 28 may kuni bo‘lib o‘tayotgan 26-yalpi majlisida “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ham qabul qilindi. 

Qonun bilan Fuqarolik, Yer, Shaharsozlik va Byudjet kodekslariga hamda “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi, “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi, “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi va boshqa shu kabi qonunlarga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Yuqoridagi qonunlarga kiritilayotgan o‘zgartishlarning mazmuniga ko‘ra, jismoniy va yuridik shaxslarga meros qilib qoldiriladigan umrbod va doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun qonunchilikda belgilangan kompensatsiya to‘la hajmda qoplanganidan keyin olib qo‘yilishi mumkinligi belgilanmoqda.

Jamoat ehtiyojlari uchun kompensatsiya evaziga yer uchastkalarini olib qo‘yish masalalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan yaxlit qonun bilan tartibga solinishi, nizoli vaziyatlarning oldi olinishi, mulk egalarining huquqlari himoyasini kuchaytirishga xizmat qilishi inobatga olinib, ushbu qonunlar senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Eslatib o‘tamiz, Senat yalpi majlisida “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonun ham ma’qullandi. Endilikda O‘zbekistonda yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishining aniq tartiblari amal qiladi. Unga ko‘ra, fuqarolarning mulk huquqi ta’minlanadi, hatto, yerga bo‘lgan huquq mavjud bo‘lmay turib, 15 yil davomida halol va uzluksiz mulkka egalik qilib kelganlar ham “snos”ga tushgan mulki uchun davlatdan konpensatsiya olishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

193

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing