Merkel Ukrainadagi urushni hal qilishda qatnashishni rad etdi

Olam

image

Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel Ukrainadagi mojaroni hal qilishda ishtirok etishni rad etdi. Italiyaning “Sette” gazetasiga bergan intervyusida “bu masala ko‘tarilmaganini” aytib o‘tdi. 

Siyosatchi Ukraina urush qanday yakunlanishini aniq bilmasligini ham tan oldi. Lekin bu boradagi taxminlarini aytib o‘tdi.

“Bir kun kelib bu urush muzokaralar bilan tugaydi. Urushlar muzokaralar stolida yakun topadi”, deya ishonch bildirdi sobiq kansler.

Shu bilan birga, Merkel o‘zi istamaydigan “majburiy tinchlik” hamda “ochiq va do‘stona suhbat” o‘rtasida farq borligini qo‘shimcha qildi.

“Bu hozirgi kabi urushning oldini olishga harakat qilish haqida edi. Bu natija bermagani urinish noto‘g‘ri bo‘lganini anglatmaydi”, deydi u.

Merkel 2008 yilda NATO Ukraina va Gruziyaning qo‘shilishi xato bo‘ldi, degan fikrni bildirdi. Uning ta’kidlashicha, bu Rossiyaning reaksiyasi nuqtai nazaridan ham, NATOning o‘zi uchun ham bunday qarorga kelishi oqibatlarni hisobga olmadi.

Sobiq kansler, shuningdek, dekabr oyi boshida Germaniyaning “Die Zeit” gazetasiga bergan intervyusida bildirgan Minsk kelishuvlariga bahosini ham tasdiqladi.

“2014 yilgi Minsk kelishuvlari Ukrainaga vaqt berishga urinish edi. Ukraina bu davrdan bugungi kundagidek kuchliroq bo‘lish uchun foydalandi. 2014-2015 yillarda bu davlat bugungidek emas edi. Va o‘sha paytda NATO Ukrainaga bugungidek ko‘p yordam bera olishiga shubha qilaman”, deydi Merkel.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

152

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing