Merkel kechirim so‘radi. Germaniyada diniy bayram paytidagi karantin bekor qilindi

Olam

image

Germaniya kansleri Angela Merkel xristianlarning Pasxa bayrami kunlari karantin joriy qilgani uchun fuqarolardan uzr so‘radi va cheklovlarni belgilanganidan bir kun o‘tib bekor qildi. “Deutsche Welle” nashri Germaniya kanslerining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda.

Matbuot anjumani paytida Merkel xristianlarning Pasxa bayrami kunlari karantin e’lon qilinishini yaxshi niyatda, ya’ni koronavirus uchinchi to‘lqinining tarqalishini sekinlashtirish istagi bo‘lganini ta’kidladi. 

“Ochig‘ini aytsam, bu xato meniki va men buning uchun to‘liq javobgarman. Qattiq pushaymonman va barcha fuqarolardan meni kechirishlarini so‘rayman”, deydi Merkel.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 mart kuni Germaniya kansleri Angela Merkel va federal shtatlarning ma’murlari, videokonferensaloqa orqali 11 soatdan ortiq davom etgan uchrashuvdan so‘ng mamlakatda COVID-19 koronavirusi tarqalishi sababli kiritilgan karantinni uzaytirishga kelishib olgandi. Karantin 18 aprelga qadar uzaytirilishi belgilangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

155

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing