Germaniyada karantin muddati uzaytirildi
Olam
−
23 mart 2021 3199 1 daqiqa
Germaniya kansleri Angela Merkel va federal shtatlarning ma’murlari, videokonferensaloqa orqali 11 soatdan ortiq davom etgan uchrashuvdan so‘ng mamlakatda COVID-19 koronavirusi tarqalishi sababli kiritilgan karantinni uzaytirishga kelishib oldi. Bu haqda RBK xabar bermoqda.
“Hozir biz juda jiddiy vaziyatga tushib qoldik. Kasalliklar soni keskin o‘sib bormoqda va reanimatsiya bo‘limlaridagi ko‘rpa-to‘shaklar yana bemor bilan to‘lmoqda”, deydi Merkel.
Karantin 18 aprelga qadar uzaytiriladi. Cheklov choralari nooziq-ovqat do‘konlari, shuningdek mehmonxonalar, restoranlar, sport zallari va dam olish muassasalarining qisman yopilishini o‘z ichiga oladi. Kansler fuqarolarga mamlakat ichkarisida ham, chet elda ham sayohatni to‘xtatishni so‘rab murojaat qildi.
Live
Barchasi