Merkel Bayden bilan jiddiy masalalarni gaplashib oldi

Olam

image

Germaniya kansleri Angela Merkel AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan telefon orqali suhbatlashdi, Merkel AQSHning Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Parij kelishuviga qaytishini mamnuniyat bilan kutib oldi, deydi Germaniya Hukumati vakili Shteffen Zaybert.

Merkel Baydenni Prezident lavozimiga kirishgani bilan tabriklagan va Yevropa hamda transatlantik sheriklar bilan birgalikda xalqaro muammolarni hal qilishga tayyorligini bildirgan.

“Kansler va AQSH Prezidenti koronavirus pandemiyasi bilan kurashish uchun ko‘proq xalqaro sa’y-harakatlar zarurligi to‘g‘risida kelishib oldi. Shu nuqtai nazardan katssler AQSHning Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga qaytishini mamnuniyat bilan qabul qildi”, deyiladi bayonotda.

Shuningdek, rahbarlar tashqi siyosiy masalalar, xususan Afg‘oniston va Eron masalalariga to‘xtalib o‘tgan.

Kansler Baydenni pandemiya bilan bog‘liq vaziyat imkon berishi bilan Germaniyaga tashrif buyurishga taklif qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

85

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing