Merkel AstraZeneca vaksinasi bilan emlandi

Olam

image
0:00
0:00
download

Germaniya kansleri Angela Merkelga ingliz-shved kompaniyasi AstraZeneca tomonidan ishlab chiqarilgan vaksinaning birinchi komponenti yuborilgan. Bu haqda Germaniya hukumatining rasmiy vakili Steffen Seibert ma’lum qildi.

“Men bugun birinchi emlashdan o‘tganimdan xursandman. Emlash dasturida qatnashgan barchaga minnatdorlik bildirmoqchiman. Bu – pandemiyadan qutulishning kaliti”, deydi Merkel.

Ma’lumot uchun, hozirda Germaniyada faqat 60 yoshdan oshganlarga AstraZeneca preparati bilan emlanishga ruxsat beriladi. Aholining qolgan qismi uchun ushbu vaksinadan foydalanish preparatning qon quyqalar paydo bo‘lishiga ta’siri bo‘yicha tadqiqotlar tugagantdan keyingina mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Angela Merkel Hannover Messe xalqaro sanoat ko‘rgazma-yarmarkasi ochilishida Germaniya kansleri sifatida so‘nggi marotaba so‘zga chiqqanini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

35

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing