Men futbolchilarga durangni ushlab qolish kerak demadim – Katanets
Sport
−
15 noyabr
105362026 yilgi Jahon chempionati saralashi doirasidagi Qatar-O‘zbekiston uchrashuvidan so‘ng Srechko Katanets matbuot anjumanida o‘yin haqida fikr bildirdi.
“Birinchi bo‘limda yo‘q joydan ikkita gol o‘tkazib yubordik. Keyin o‘zimizni o‘nglab ikkita gol urdik. Bu futbol, biz oxirida gol o‘tkazib mag‘lubiyatga uchradik”, deydi murabbiy.
Katanets Jaloliddin Masharipovning betob bo‘lishiga qaramay, o‘yinga qo‘shilganiga izoh berdi.
“U yaxshi saviyadagi futbolchi bo‘lgani uchun ham uni tushirdik. U o‘yinning ikkinchi bo‘limida maydonga tushirishni iltimos qilgandi. Zaxira paytida men tavakkalchilikka qo‘l urdim”, deydi murabbiy.
Shuningdek, Katanets oxirgi daqiqada o‘tkazib yuborilgan golga ham to‘xtaldi.
“Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman. Ancha paytdan beri mag‘lubiyatga uchramayotgan edik, shuning uchun bu muxlislar uchun og‘ir. Oldimizda yana 5 ta o‘yin bor”, deydi bosh murabbiy.
Katanets so‘nggi daqiqalarda himoyachi tushirib durangga harakat qilish kerak, degan topshiriq berilmaganini bildirdi.
“Men futbolchilarga bunday demadim. Bilmayman, nima uchun bunday bo‘ldi, boshqa o‘yinlarda ko‘rsangiz ham shunday voqealarni ko‘rasiz. Bu savolga javobni dunyoning eng kuchli murabbiylari ham bera olmaydi. Bunday vaziyatda futbolchilar durang natija qoniqarli bo‘ladi deb o‘ylashadi”, deydi bosh murabbiy.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng ham turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. Jamoa keyingi turni Shimoliy Koreyaga qarshi 19 noyabr kuni o‘tkazadi.
LiveBarchasi