“Men bo‘lmaganimda qamoqda bo‘larding”. Tramp Netanyaxuni haqorat qildi
Olam
−
09:19 5049 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan telefon orqali muloqot chog‘ida uni keskin tanqid qilib, “aqldan ozgan” deb atagan. Bu haqda manbalarga tayanib, “Axios” nashri xabar berdi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Tramp suhbat davomida Netanyaxuga nisbatan qo‘pol iboralar ishlatgan.
“Agar men bo‘lmaganimda, sen qamoqda bo‘larding. Endi esa hamma sendan nafratlanadi. Shu sababli Isroildan ham nafratlanishmoqda”, degan Tramp.
Manbalarning ta’kidlashicha, AQSH Prezidenti Netanyahuning Yaqin Sharqdagi harakatlari, xususan, Livandagi harbiy amaliyotlardan norozi bo‘lgan. Tramp Isroilning zarbalari tinch aholi orasida ko‘plab qurbonlarga sabab bo‘layotgani hamda ayrim hollarda “Hizbulloh” qo‘mondonlarini yo‘q qilish uchun butun binolar vayron qilinayotganidan xavotir bildirgan.
Shuningdek, u Isroilning Livandagi harakatlari mamlakatning xalqaro maydondagi yakkalanishini yanada kuchaytirishi mumkinligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Isroil va Livan o‘rtasidagi mojaroni yumshatishga qaratilgan yangi tashabbusni ilgari surgandi. U so‘nggi 48 soat ichida Livan Prezidenti Jozef Aun va Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan muzokaralar o‘tkazgan.
Live
Barchasi