Men, albatta, qaytib kelaman — Messi “Barselona”dan ketishi sabablarini aytdi

Sport

image

Lionel Messining “Barselona”ni tark etishi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Kecha, 8 avgust kuni o‘tkazilgan xayrlashuv matbuot anjumanida so‘zlagan nutqida jamoadan ketishi sabablarini izohladi.

“So‘nggi kunlarda men nima deyish haqida ko‘p o‘ylay boshladim. Rostini aytsam, hech narsani o‘ylay olmadim. Men butun faoliyatimni shu yerda o‘tkazganimni hisobga olsam, boshqa narsa haqida o‘ylash juda qiyin. Men bunga tayyor emasman.

Oilam bilan Barselonada, o‘z uyimizda qolamiz, deb ishonardik. Lekin bugun xayrlashishim kerak. 21 yildan keyin uyimdan ketyapman. Bir necha yildan keyin, albatta, qaytib kelaman, chunki bu yer mening uyim.

O‘tgan yili biz pandemiya tufayli tomoshabinlarsiz o‘yin o‘tkazdik. Men muxlislarini bir yarim yildan beri ko‘rmagan klubni tark etyapman. Stadiondagi muxlislar bilan esa boshqacha tarzda xayrlashmoqchiman”, deydi Leo.

Shundan so‘ng, Messi jurnalistlarning savollariga javob qaytardi:

“Barselona”dan nega ketgani haqida: “Men qolish uchun qo‘limdan kelganini qildim, lekin oxirgi lahzada La Liga bilan bog‘liq muammolar tufayli hamma narsa barbod bo‘ldi. Men maoshim kamayishiga rozi bo‘ldim. Ular mendan boshqa hech narsa so‘ramadilar. Biz qo‘limizdan kelganini qildik. Mendan oyligimni yana 30 foizga qisqartirishni talab qilishmadi, bu yolg‘on”. 

PSJga o‘tishi haqida: “Rostini aytsam, PSJga o‘tish — mumkin bo‘lgan variantlardan biri. Hozircha hech narsa tasdiqlanmagan. Menga ko‘plab klublardan qo‘ng‘iroqlar bo‘lmoqda”.

La Liga prezidenti bilan muloqot haqida: “La Liga prezidenti Xaver Tebasga aytadigan gapim yo‘q. Men uni faqat bir-ikki marta ko‘rganman, lekin u bilan gaplashmaganman. Uchrashuvda men uni samimiy kutib oldim, u bilan hech qanday muammo yo‘q”.

Jamoaga futbolchilar kelishda davom etadi. Klub boshqalardan ko‘ra muhimroq va odamlar bunga ko‘nikishadi. Avvaliga bu g‘ayrioddiy bo‘ladi, lekin buyuk futbolchilar jamoaga qo‘shildi, “Barsa”da yaxshi futbolchilar juda ko‘p.

PSJ futbolchilari bilan tushgan surati haqida: “PSJ futbolchilari bilan surat faqatgina tasodif. Bu shunchaki ko‘ngilxushlik uchun edi”. 

Faoliyatini yakunlash haqida: “Yana qancha yil o‘ynashimni ham bilmayman, bu sog‘lik va jismoniy holatimga bog‘liq”.

Ma’lumot uchun, Lionel Messi “Barselona” safida 778 uchrashuvda 672 gol va 228 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Jamoa bilan birgalikda 35 ta musobaqada g‘olib bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Futbol Lionel' Messi PSJ Joan Laporta

Baholaganlar

384

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing