Men ham qishloqda o‘sganman, bobomiz ertalabdan ishlatardi – Shavkat Mirziyoyev
Jamiyat
−
22 mart 2021
11616O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning hafta davomidagi faoliyati aks etgan “Maxsus rakurs” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida Prezidentning Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi Eshonobod mahallasiga tashrifi ham o‘rin oldi. Unda Prezident bolaligini eslab, odamlarni mehnat qilishga chaqirdi.
“Men ham qishloqda o‘sganman. Ertalab soat 6 dan boshlab, bobomiz, buvimiz uyg‘otib ishlatar edi. Xonadonlarimizda har xil ekinlar ekish yo‘q, uyning oldini chiroyli qilib haydab qo‘yish yo‘q, zovurlarimizni tozalash yo‘q. Uyimizni oqlab qo‘ysak bo‘ladimi? Qilmaymiz. Bizga bo‘laveradi, deb o‘rganib qolganmiz. Bo‘lmaydi bizga”, deydi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, Prezident odamlarning tomorqa va xonadonga bo‘lgan munosabatlarini o‘zgartirishga chaqirdi.
LiveBarchasi