Meliqo‘ziyev jangi oldidan “nigohlar jangi”da qatnashdi (video)
Sport
−
02 noyabr
6997O‘zbekistonlik professional bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev amerikalik Devid Stivensga qarshi jang oldidan tarozi va “face-to-face” marosimida qatnashdi.
Ikkala tomon ham tarozidan muvaffaqiyatli o‘tib oldi va endi ular Toshkent vaqti bilan 3 noyabr tongida ringda o‘zaro hisob-kitob qilib oladi. Jang g‘olibi Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) kamari uchun da’vogarga aylanadi.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli Meliqo‘ziyev ham, 24 yoshli Stivens ham profboksda bir xil, 14-1 statistikaga ega. Meliqo‘ziyev oxirgi jangini aprel oyida o‘tkazib, fransiyalik Per Xuber Dibombeni mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, Stivens iyun oyida argentinalik Serxio Lopsedan ustun kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq WBA birinchi yengil vaznda yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue va Sem Gudman o‘rtasidagi jang g‘olibi o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev bilan to‘qnash kelishi borasida qaror qilgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi