Melaniya Tramp Putin bilan aloqa kanali o‘rnatilganini aytdi

Olam

image

AQSHning birinchi xonimi Melaniya Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan “ochiq aloqa kanali” o‘rnatilganini ma’lum qildi. Bu haqda u kecha, 10 oktyabr kuni Oq uydan jonli efirda uzatilgan maxsus murojaatida so‘z ochdi.

Melaniya Trampning aytishicha, u so‘nggi uch oy davomida Vladimir Putin bilan ukrainalik bolalarni qaytarish masalasida “ochiq aloqa kanalini” saqlab kelmoqda.

“Shundan beri Prezident Putin bilan mening o‘rtamda bu bolalarning farovonligi yuzasidan ochiq aloqa kanali mavjud. So‘nggi uch oy ichida tomonlar bir necha norasmiy uchrashuvlar va telefon suhbatlarida ishtirok etishdi – bularning barchasi ezgulik ruhida o‘tdi”, deydi Tramp.

U Ukrainadagi mojarodan jabr ko‘rgan barcha bolalar uchun sog‘lig‘iga oid ma’lumotlarning shaffof bo‘lishini ta’minlash hamda “bolalarning o‘z oilalari bilan muntazam birlashishiga ko‘maklashish”ni o‘zining missiyasi deb bilishini qayd etgan. Melaniya Trampning aytishicha, so‘nggi 24 soat ichida sakkiz nafar bola o‘z oilalariga qaytgan.Shuningdek, AQSH birinchi xonimi Ukrainadagi tinchlik “yaqin orada tiklanishiga” umid bildirgan.

“Men tinchlik tez orada kelishiga ishonaman. U bizning bolalarimizdan boshlanishi mumkin”, deydi AQSH Prezidentining rafiqasi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Oq uydagi hukumat yig‘ilishida G‘azo bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni sharhlar ekan, Ukraina mojarosi ham hal etilishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Melaniya Tramp aloqa kanali

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing