Agar Putin Meksikaga borsa, hibsga olinmaydi

Olam

image

Meksikaning amaldagi Prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador Ukrainaning agar Rossiya rahbari joriy yilning oktyabr oyida Mexikoda bo‘lib o‘tadigan yangi davlat rahbari inauguratsiyasida ishtirok etsa, Vladimir Putinni hibsga olish haqidagi iltimosini rad etdi. Bu haqda  “Reuters” agentligi xabar berdi.

"Biz buni qila olmaymiz. Bu bizning ishimiz emas", deydi amaldagi Prezident.

Meksikaning Ukrainadagi elchixonasining 7 avgustdagi bayonotida keltirilgan so‘rovda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro Jinoyat Sudi tomonidan chiqarilgan hibsga olish orderiga ishora qilingan.

“Umid qilamizki, Meksika hukumati Vladimir Putin harbiy jinoyatchi ekanligini va uni hibsga olish uchun orderi borligini biladi”, deyiladi bayonotda.

Sheynbaum jamoasi esa Rossiya Prezidentini inauguratsiya marosimida ishtirok etishga taklif qildi va shu hafta boshida u Meksika bilan diplomatik aloqada bo‘lgan barcha davlatlarga diplomatik xabarnoma yuborganini ta’kidladi. 

Ma’lumot uchun, iyun oyida Putin Sheynbaumni saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklab, Meksikani “Rossiyaning Lotin Amerikasidagi tarixiy do‘stona hamkori” deb atagan edi.

Zebo Turobjonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing