Meksikadagi samolyot halokatida hech kim omon qolmagan
Jamiyat
−
07 may 2019
5962Samolyotning halokatiga noqulay ob-havo va yashin urishi sabab bo‘lganligi aytilmoqda.
Bombardier Challenger 601 samolyoti Meksika shimolidagi Koauila shtatida qulab tushgan. Bortda bo‘lgan ekipaj a’zolari va yo‘lovchilarning barchasi halok bo‘lgan. Dahshatli fojeada qurbon bo‘lganlar soni 13 nafarni tashkil etadi. Bu haqda dushanba kuni Jamoat xavfsizligi vazirligi ma’lum qilgan.
Halok bo‘lganlarning 3 nafari ekipaj a’zosi va 10 nafari yo‘lovchilar bo‘lgan. Samolyot Koauila shtati, Okampo munitsipalitetidagi uchish qiyin bo‘lgan tog‘ hududiga qulagan.
Hukumat voqea yuzasidan tergovni boshlagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyotni yashin urgan va uchuvchi favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgan.
Halokatga uchragan samolyot yo‘lovchilari meksikalik bokschi Saul Alvaresning 5 may kuni Las-Vegasda o‘tkazgan jangidan so‘ng Nuevo-Leon shtati Monterrey shahriga qaytib kelayotgan bo‘lgan.
LiveBarchasi