Meksikada treyler ag‘darilishi oqibatida 50 ga yaqin odam halok bo‘ldi

Olam

image

Meksikaning Chiapas shtatida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida 49 kishi halok bo‘ldi, yana 58 kishi tan jarohati oldi. Bu haqda shtat mahalliy hokimyati xabar bermoqda.

Chiapas shtati fuqarolik muhofazasi agentligi rahbari Luis Manuel Garsiyaning ma’lum qilishicha, Lotin Amerikasidan 100 dan ortiq muhojirni olib ketayotgan treyler keskin burilishda ag‘darilib ketgan. Halok bo‘lganlar orasida ayollar va bolalar ham bor.

Shuningdek, barcha jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yetkazilgan.

“Infobae” portalining xabar berishicha, treylerda Markaziy Amerikadan AQSHga ketayotgan gvatemalalik muhojirlar bo‘lgan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

181

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing