Meksikada narkoboron o‘g‘lining hibsga olinishi tartibsizliklarga sabab bo‘ldi

Olam

image

Meksika hukumati narkobaron Xoakin Gusman o‘g‘lining hibsga olinishi oqibatida yuzaga kelgan zo‘ravonliklar avj olganidan so‘ng, Sinaloa shtatida xavfsizlik choralarini kuchaytirishga qaror qildi. Mudofaa vazirligi 9 yanvar kuni kechqurun e’lon qilgan bayonotida 1500 nafar harbiy xizmatchi respublikaning shimoli-g‘arbiy mintaqasiga yetib kelganini ma’lum qildi.

“Ularning asosiy vazifasi qonun ustuvorligini mustahkamlash va uyushgan jinoiy jamoalar a’zolarini hibsga olish va bunda inson huquqlarini to‘liq hurmat qilgan holda hokimiyat bilan hamkorlik qilishdan iborat”, deyiladi bayonotda. 

Avvalroq shtatdagi huquqni muhofaza qilish organlariga quruqlikdagi qo‘shinlarning jami 3,5 ming askar va ofitserlari, shuningdek, dengiz piyodalari va Milliy gvardiya jangchilari jalb qilingan.

Eslatib o‘tamiz, “Sinaloa” narkokartelining sobiq rahbari Ovidio Gusman Lopesning 5 yanvar kuni Kuliakan shtati poytaxtida qo‘lga olindi. Shundan so‘ng ko‘chalarda otishmalar boshlandi, qurollangan tinch aholi xavfsizlik kuchlariga hujum qildi va yonayotgan mashinalar bilan yo‘llarni to‘sib qo‘ydi. Qurolli to‘qnashuvlar vaqtida hujumchilar Meksika harbiy-havo kuchlarining ikkita vertolyoti va samolyotiga, shuningdek, Aeromexico aviakompaniyasi bortiga zarar yetkazishga muvaffaq bo‘lgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 10 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgan, 19 nafar jinoyatchi yo‘q qilingan, hokimiyat vakillari esa 20 dan ortiq odamni hibsga olishga muvaffaq bo‘lgan.

5 yanvar kuni kechqurun Gusman Lopes Mexiko shahridagi Altiplano maksimal xavfsizlik qamoqxonasiga olib ketildi. “Sinaloa” narkokarteliga aloqador bo‘lgan guruh rahbarini AQSHga ekstraditsiya qilish so‘ralmoqda, u yerda u kokain, metamfetamin va marixuana tarqatish bo‘yicha til biriktirganlikda ayblanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing