Meksikada harbiy vertolyot qulashi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi

Olam 3401
image

Meksika shimolidagi Sinaloa shtatida mamlakat harbiy-dengiz kuchlariga qarashli Black Hawk vertolyoti halokatga uchradi. Oqibatda 14 kishi halok bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, vertolyot bortida jami 15 kishi bo‘lgan, ulardan biri tirik qolgan, unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Ofat sabablari va boshqa tafsilotlarini o‘rganish bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlangan.

Harbiy-dengiz kuchlari hisobotida ta’kidlanishicha, baxtsiz hodisa narkobaron Rafael Karo Kinteroning 15 iyul kuni xuddi shu provinsiyada hibsga olinishi bilan bog‘liq emas.

Meksika harbiy-dengiz kuchlari 1985 yilda AQSHning giyohvand moddalar agentini o‘ldirganlikda ayblanib qamalgan va keyin qochib ketgan Kinteroni qo‘lga olganini ma’lum qildi. Narkobaronning hibsga olinishi dengiz floti xabarida “Meksika va Amerika huquq-tartibot idoralarining yirik g‘alabasi natijasi” deb atalgan.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 52
Reyting: 2.9
t
×