Meksika orqali AQSHga kirishga urinayotgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
Olam
−
03 yanvar 2023
16325Amerika Qo‘shma Shtatlarining Toshkentdagi elchixonasi Meksika orqali AQSH hududiga kirish bilan bog‘liq savollarni qabul qilayotganini ma’lum qilib, o‘zbekistonliklarga ogohlantirish bilan chiqdi.
Elchixona rasmiylari noqonuniy yo‘l bilan AQSH hududiga kirishga urinayotgan shaxslar o‘z hayotlarini jinoyatchilik, odam savdosi hamda moliyaviy firibgarlik qurboniga aylanish xavfi ostiga qo‘yishlari haqida ogohlantirdi.
“Noqonuniy yo‘l orqali AQSHga kelish hech qachon xavfsiz bo‘lmagan. Migrantlarni AQSHga xavf-xatarlar ostida noqonuniy tarzda migratsiya qilishdan ko‘ra, hududga kirishning qonuniy yo‘llarini izlab topishlariga chorlab qolamiz”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi