Meksika muddatidan avval pley-offga chiqdi

Sport

image

Bugun, 19 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionatining “A” guruhida Meksika va Janubiy Koreya terma jamoalari o‘rtasidagi 2-tur uchrashuvi yakunlandi. Meksikaning Sapopan shahridagi “Akron” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi va muddatdan avval pley-offga chiqdi.

Uchrashuvdagi yagona gol 50-daqiqada kiritildi. Janubiy Koreya darvozabonining qo‘pol xatosidan unumli foydalangan meksikalik himoyachi Luis Romo raqib darvozasini ishg‘ol qildi va jamoasiga muhim uch ochko keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, birinchi turda Meksika Janubiy Afrika Respublikasini 2:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Janubiy Koreya Chexiya ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Ikki turdan so‘ng olti ochko jamg‘argan Meksika terma jamoasi muddatidan avval guruhda birinchi o‘rinni kafolatladi. 

Jahon chempionatining guruh bosqichi 11 iyundan 27 iyungacha davom etadi. Jamoalar o‘zaro bir martadan to‘qnash keladi. Pley-off bosqichiga har bir guruhdan dastlabki ikki o‘rinni egallagan terma jamoalar hamda uchinchi o‘rinni olgan sakkizta eng yaxshi jamoa yo‘l oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya Jahon chempionati Meksika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing