Meksika bilan chegaradagi devor qurilishini tugatish kerak – Tramp

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati zudlik bilan Meksika bilan chegarada devor qurilishini qayta boshlashi kerak. Bu haqda AQSHning sobiq Prezidenti Donald Trampning sobiq Matbuot kotibi Shon Spayser e’lon qilgan bayonotda aytilgan.

“Biz Bayden ma’muriyatiga tarixdagi eng xavfsiz chegarani topshirganimizdan faxrlanamiz. Faqat bu uzluksiz tizimning avtopilotda ishlashiga ruxsat berishlari kerak edi. Buning o‘rniga, bir necha hafta ichida Bayden ma’muriyati milliy g‘alabani milliy falokatga aylantirdi”, deydi Tramp.

Uning fikriga ko‘ra, yangi ma’muriyatning xatti-harakatlari odamlarning o‘limi va fojiali voqealarga, shuningdek janubiy chegara orqali AQSHga giyohvand moddalar olib kirilishiga sabab bo‘lgan. Trampning ta’kidlashicha, rasmiylar zudlik bilan devor qurilishini yakunlashi kerak. U buni bir necha hafta ichida amalga oshirish mumkinligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jo Bayden AQSHning Meksika bilan chegarada devor qurilishini moliyalashtirishni to‘xtatgan, u yerda 2019 yildan beri amal qilib kelayotgan favqulodda holat bekor qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

109

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing