Megan Marklning xatti-harakatlari yuzasidan tekshiruv o‘tkaziladi
Olam
−
15 mart 2021
3156Avvalroq, Sasseks gersogi Garri va uning rafiqasi Megan Markl qirollik saroyi amaldorlarining tuhmatidan aziyat chekkanini ma’lum qilgandi.
Marklning so‘zlariga ko‘ra, OAVda uning yordamchilariga nisbatan yomon munosabati haqida xabarlar paydo bo‘lgan.
Bukingem saroyi Sasseks gersoginyasi Megan Marklning xatti-harakatlari yuzasidan xodimlarning shikoyatlari bo‘yicha tekshiruvni uchinchi tomon yuridik firmasiga topshiradi. Bu haqda "The Times" ma’lum qilgan.
Ta’kidlanishicha, bu juftlik va Bukingem saroyi o‘rtasidagi munosabatlarni yanada murakkablashtiradi.
Manbalarga ko‘ra, "eng yomon hodisalar" tergov natijasida paydo bo‘lishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, Sasseks gersog va gersoginyasi ushbu jarayonga jalb qilinmasligi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 2 mart kuni "The Times" gazetasi Sasseks gersogi va gersoginyasi Matbuot kotibi sifatida ishlagan Jeyson Knaufning 2018 yilgi elektron pochtasidan parchalarni e’lon qilgan.
Ularda Knauf Marklning saroy xodimlariga nisbatan bezoriligidan shikoyat qilgan.
Unga ko‘ra, u ikki ishchini "ovlab", ularni "ishdan bo‘shatishga majbur qilgan".
LiveBarchasi