“Mega bitim”. Zelenskiy AQSHga qurol evaziga dron sotmoqchi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukraina AQSHdan qurol sotib olishi evaziga Vashington Kiyevdan jangovar sinovdan o‘tgan Ukraina dronlarini sotib olishi haqidagi kelishuvni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Zelenskiy “New York Post” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Zelenskiy nashrga uning Tramp bilan so‘nggi muzokaralari AQSH va Ukrainaga aviatsiya texnologiyalarini mustahkamlashga yordam beradigan kelishuvga bag‘ishlanganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev Rossiya bilan qarama-qarshilik chog‘ida zamonaviy urushlar bo‘yicha o‘rgangan barcha narsani AQSH bilan baham ko‘rishga tayyor.

“Menimcha, bu hamma uchun foydali bo‘lgan haqiqiy mega bitim”, dedi Zelenskiy.

“New York Post”ning yozishicha, Ukraina uchuvchisiz uchoqlari Rossiya hududidagi nishonlarga zarba bera oladi. Zelenskiy 16 iyul kuni bergan intervyusida “Amerika xalqiga bu texnologiya kerak” ekanini aytgan.

“Biz bu tajribani Amerika va boshqa yevropalik hamkorlar bilan baham ko‘rishga tayyormiz”, deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.

Uning aytishicha, Ukraina Daniya, Norvegiya va Germaniya bilan ham muzokaralar olib bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing