Medvedev Trampning ijtimoiy tarmoqlarda bloklanishiga munosabat bildirdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp va uning tarafdorlarining ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini to‘sib qo‘yish – senzuraning keng tarqalishi va raqamli totalitarizm. Bunday fikrni Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi rahbarining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev TASS saytida chop etilgan maqolasida aytib o‘tdi.

Uning ta’kidlashicha, ijtimoiy tarmoqlar Amerikaning amaldagi Prezidentiga qarshi qoidalarsiz axborot urushini boshlagan. Shu bilan birga, Medvedev Trampning siyosatdan butunlay chiqib ketishi va uning raqamli izi yo‘q qilingan taqdirda amerikaliklarning ongida bo‘linish saqlanib qolishiga ishonadi.

Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi rahbari o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, eskirgan Amerika saylov tizimi ijtimoiy tarmoqlarda va shunga mos ravishda ularga egalik qiluvchi xususiy IT-kompaniyalarning misli ko‘rilmagan roli bilan bog‘liq eng muhim masala chegarasining keskinlashishiga olib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Facebook va Twitter Trampning akkauntini bloklab qo‘ygandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

227

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing