Medvedev yana Ukraina va G‘arbga yadro quroli bilan tahdid qildi

Olam

image

Kiyevning G‘arb qurollari bilan Rossiya hududidagi nishonlarga zarba berishi Moskvaning yadro qurolidan foydalanishiga sabab bo‘ladi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev o‘zining Telegram-kanalida yozdi.

U agar davlatning mavjudligi tahdid ostida qolsa, Rossiya tegishli tarzda javob berishi mumkin bo‘lgan kichik bandga ishora qildi.

“Rossiya davlat siyosati asoslarining 19-bandiga ko‘ra yadroviy to‘siq bo‘yicha harakatga kirishishi xavfi bor. Bu dushmanga qarshi yadro qurolidan foydalanishimizning bevosita va aniq sababidir”, deb yozadi Medvedev. 

Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli Kuchlarining harakatlari o‘z-o‘zini himoya qilish huquqini tashkil etmaydi, bu Rossiya armiyasining Ukrainaga qarshi yadro qurolini qo‘llashi uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri va aniq asosdir.

Medvedev barcha – Gitler, Mussolini, Peten merosxo‘rlari hamda G‘arbdagi Kiyev rejimini qo‘llab-quvvatlayotganlarni buni yodda tutishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning sobiq prezidenti va ayni paytda Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev 2023 yilning may oyida G‘arb yadro urushi xavfini yetarlicha baholay olmasligidan ogohlantirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Dmitriy Medvedev yadro quroli G'arb

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing