Medvedev Moskvadan evakuatsiya qilindi – OAV
Olam
−
24 iyun 2023
28837Rossiya Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev oilasi bilan birgalikda Moskvadan evakuatsiya qilingani aytilmoqda. Bu haqdagi xabarlar turli ijtimoiy tarmoq kanallarida tarqaldi.
Qayd etilishicha, Medvedevdan tashqari Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘tirgan vertolyot Novogorod viloyati Valday shahri tomon uchgani ham taxmin qilinmoqda.
Medvedev o‘zining Telegram kanalida Toshkent vaqti bilan soat 14:19 da so‘nggi postini yozgan. Unda shunday deyiladi:
“Endi maqsadimiz Vatanimizni bo‘lib tashlamoqchi bo‘lgan tashqi va ichki dushmanni yengish, davlatimizni saqlab qolish uchun eng muhimi Prezidentimiz, mamlakatimiz Qurolli Kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni atrofida birlashishdir. Bo‘linish va xiyonat eng katta fojiaga, umumbashariy falokatga yo‘ldir. Biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz. Dushman mag‘lub bo‘ladi! G‘alaba bizniki bo‘ladi!”.
Vladimir Putin esa so‘nggi bor KXSHT a’zo davlatlarining rahbarlarini Rossiyadagi mavjud vaziyatdan xabardor qilgan. Shuningdek, u O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan ham telefon orqali muloqot qilgani xabar qilingan.
LiveBarchasi