Medvedev AQSHni xalqaro terrorizmga homiylikda aybladi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH tomonidan Ukrainaga yetkazib berilgan qurollar butun dunyo bo‘ylab jinoyatchilar qo‘liga o‘tadi, bu "chirigan qurol rejasi" tekshirilishi kerak. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev o‘zining Telegram sahifasida yozib qoldirgan. Ahamiyatlisi u o‘z postida Ukrainani Kichik Rossiya deb atagan.

“Kichik Rossiyaga (Ukraina – tahr.) yetkazilayotgan Amerika qurollari dunyo bo‘ylab turli jinoyatchilar qo‘liga o‘tib ketadi, aniqrog‘i, bu allaqachon boshlagan. Aslida qurollarni tarqalishi AQSH ma’muriyati va maxsus kuchlarining “tomi” ostida amalga oshiriladi”, deydi Medvedev. 

Uning ta’kidlashicha, Amerika yana xalqaro terrorizmning homiysiga aylanmoqda. 

“Keyinchalik mas’ul davlatlar bilan birgalikda bu chirigan qurollar fitnasini tekshirish uchun maxsus mexanizm yaratish imkoniyatini ishlab chiqishimiz kerakligini istisno qilmayman. Yoki u yerdan-bu yoqqa otilayotgan Amerika sovg‘alarini qo‘lga olish uchun maxsus xalqaro organ tuzish haqida o‘ylaymiz”, deb yozgan Medvedev.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 iyun kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden yaqin kunlarda Ukrainaga jami 800 million dollarlik yangi harbiy yordam paketi ajratilishini e’lon qilgandi. 

Aytish joizki, G7 davlatlari (Germaniya, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Kanada va Yaponiya) Rossiya bilan urushda Ukrainani qancha kerak bo‘lsa, shuncha qo‘llashga va’da bergan edi. 

Shuningdek, G7 Ukrainaga erkin va demokratik kelajagini ta’minlash va o‘zini himoya qilish masalasida yordam berish uchun manfaatdor davlatlar bilan uzoq muddatli xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha muzokaralar olib borishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Bu davlatlar allaqachon Kiyevga 2,8 milliard dollar miqdorida gumanitar yordam ko‘rsatgan va Ukrainaga yana 29,5 milliard dollar berishga tayyor ekanini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

99

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing