Yana 93 kishi Suriyadan qaytarildi. Ular orasida urush qurbonlarining bolalari ham bor

Jamiyat

image

Bugun, 30 aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan Suriyada og‘ir ahvolga tushib qolgan vatandoshlarni qutqarish uchun “Mehr-5” insonparvarlik operatsiyasi amalga oshirildi.

Operatsiya natijasida Suriyagi urush ketayotgan "qaynoq nuqta"lardan 93 nafar o‘zbekistonli ortga qaytarildi. Ularning 24 nafari ayollar va 69 nafari bolalardir. 

Qurolli mojarolar davom etayotgan hududlardan qaytarilgan 93 nafar o‘zbekistonlik “Al-Hol” lagerida 3 yildan ortiq vaqt davomida ushlab turilgan.

Qayd etilishicha, bu ayollar mutaassiblik natijasida terrorchilik yo‘liga kirgan turmush o‘rtoqlarining undovi bilan Suriyaga borgan va erlarini janglarda yo‘qotib, o‘zlari beva, farzandlari esa yetim qolgan.

Shuningdek, bugun Vatanga olib kelingan bolalar orasida ham otasini, ham onasini yo‘qotgan 7 nafar chin yetim bola bor.

Achinarlisi, taqdirning achchiq qismatiga duch kelgan bu shaxslar hayot kechirish uchun zarur bo‘ladigan eng oddiy sharoitlardan ham mahrum holatda yashashga majbur bo‘lgan. 

Endilikda bu ayollar va bolalar Toshkent viloyatidagi “Bo‘ston” sanatoriyasiga joylashtiriladi hamda ularga tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha zarur ishlar amalga oshiriladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Mehr-5

Baholaganlar

241

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing