“Mehr-5” doirasida Suriyadan olib kelinganlar bo‘yicha ma’lumot berildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avval xabar berilganidek, joriy yilning aprel oyida o‘tkazilgan “Mehr-5” operatsiyasida 93 nafar o‘zbekistonlik — 24 nafar ayol va 69 nafar bola Suriyadan Toshkentga olib kelingan edi. Ularga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar topshirildi.

DXA Toshkent viloyati boshqarmasi Matbuot xizmati axborotiga ko‘ra, ma’lum muddat ayollar va bolalar Toshkent viloyatidagi “Bo‘ston” sanatoriysiga joylashtirilib, ularga tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan. Shuningdek, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha zarur ishlar amalga oshirilgan.

Chirchiq shahrida “Mehr-5” operatsiyasida olib kelingan bolalarga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Xabarga ko‘ra, Chirchiq shahar IIB va Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi tomonidan 45 nafar bolaga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar rasmiylashtirilib, tantanali ravishda topshirilgan. Qolgan 24 nafar bolaga esa boshqa viloyatlardan takroriy guvohnomalar olishi ta’minlangan.


Maqola muallifi

Teglar

“Mehr-5”

Baholaganlar

125

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar