Mehnat vazirligi “Xalq banki” xodimlari ishi bo‘yicha maxsus tekshiruv o‘tkazadi

3-sahifa

image

Avvalroq, Navoiy viloyatida AT “Xalq banki” Nurota tuman filiali boshqaruvchisi Temurmalik Pirmatov (1992 yil), bosh hisobchisi Muzaffar Saidov (1981 yil), Monitoring bo‘limi boshlig‘i Yunusjon Ravshanov (1989 yil) mudhish YTH oqibatida vafot etgani haqida xabar bergan edik. YTHda yana bir avtomobildagi 5 kishi ham halok bo‘lgandi.

YTH shanba kuni yuz bergani, bu kunda bank xodimlari dam olishi kerakligi, ammo negadir bir bankning uch rahbar xodimi birgalikda katta tezlikda Nurotaga ketayotgani aytilgandi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ushbu holat yuzasidan maxsus tekshiruv o‘tkazilishini ma’lum qildi. Buning uchun vazirning maxsus komissiya tuzish to‘g‘risida buyrug‘i ham tayyorlangan.

Qayd etilishicha, o‘rganish ishlari 15 kun muddat ichida olib boriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

423

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing